У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston va Turkmaniston rahbarlari o'zaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi

calendar 13.12.2015
1449

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Ashxobodga tashrifi davomida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Turkmaniston Prezidenti matbuot xizmati ma'lum qilishicha, uchrashuvda O'zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga yuqori baho berildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash masalalari bo'yicha fikrlar almashildi. 
“Dunyoning turli mintaqalarida vaziyat keskinlashmoqda, terrorizm, ekstremizm va narkotrafik xavfi ortib bormoqda. Bugun terrorizm turli shakl va ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda, uning tub sabab va manbalariga qarshi kurashish zarur”, deb ta'kidlab o'tdi uchrashuvda Islom Karimov.
Gurbanguli Berdimuhamedov Islom Karimovga tashrifi, O'zbekiston Turkmanistonni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani uchun katta minnatdorchilik bildirdi, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
“Uchrashuv davomida Turkmaniston-O'zbekiston hamkorligining muhim jihatlari va uni o'zaro manfaatlarni taqdim qiluvchi asosiy yo'nalishlar bo'yicha kuchaytirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi, ikki qo'shni davlatning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlari, ikki qardosh xalqning madaniy va tarixiy an'analari, mavjud umumiy manfaatlarini hisobga olgan holda tomonlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda sermahsul aloqalarni yanada chuqurlashtirishga o'zaro yo'nalganligi qayd qilib o'tildi”, deb aytilmoqda Turkmaniston Prezidenti matbuot xizmati bergan xabarda.

Яндекс.Метрика