У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi

calendar 26.02.2017
1711

Xitoyning Shensi viloyati (Shimoli-G'arbiy Xitoy) ma`muriyati markazi Sian shahri va O'zbekiston o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi.

Sinxua xabariga ko'ra, 41 vagondan iborat temir yo'l poyezdi 24 fevral kuni 1000 tonna miqdoridagi paxta tolasi ortgan holda Toshkentdan Siandagi Sinchju temir yo'l bekatiga borgan.

Yangi marshrut yuk tashish uchun ketadigan vaqtni 1 oydan 15-18 kungacha qisqartirgan.

Har oyda Xitoyga O'zbekistondan 3 ming tonnaga yaqin yuqori sifatli paxta tolasi import qilinadi. Mahsulot Siandan Xitoyning shimoliy va sharqiy hududlariga olib ketiladi.

Siandan Markaziy Osiyoga temir yo'l qatnovi 2013 yildan yo'lga qo'yilgan. Bu yo'l orqali qatnov Yevropaga qadar davom etadi. 23 fevral holatiga ko'ra, shu yo'nalishda 290 marta qatnov amalga oshirilib, 454 ming tonna yuk turli shaharlarga, jumladan Olmaota, Hamburg va Moskvaga yetkazilgan.

Яндекс.Метрика