У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullaeva 75 yoshga kirdi

calendar 04.01.2016
1593

4 yanvar kuni O'zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullaeva 75 yoshga to'ldi. Aktrisa 1941 yilning 4 yanvarida Farg'ona viloyati, Furqat tumanidagi Navbahor qishlog'ida tavallud topgan.

O'rta maktabni tugatgandan keyin pedagogika bilim yurtiga o'qishga kirib, dastlab maktabda bir yil o'qituvchi bo'lib boshlang'ich sinflarga dars bergan. 1963 yilda teatr va rassomchilik oliygohining musiqali drama fakultetiga o'qishga kirgan. Turli yillarda ko'plab spektakllar bilan bir qatorda, "Masharaboz", "Sevginator", "Sevginator-2", "Er bermoq - jon bermoq", "O'zimdan o'zimgacha", "Fidoyilar", "Poyga", "Sehrli qalpoqcha", "Sariq devni minib" kabi filmlarda suratga tushgan.

Imkoniyatdan foydalanib, el suygan aktrisani bugungi tavallud ayyomi bilan qutlab, kelgusidagi faoliyatiga rivoj tilaymiz.

Яндекс.Метрика