“O'zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Mustaqillik bayrami nishonlandi

Shavkat Mirziyoyevning 27 iyundagi qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga katta tayyorgarlik ko'rildi. Jamiyatimizdagi yangilanishlarga muvofiq bayram tadbirlari ham yangicha shakl va mazmun kasb etdi.

Asosiy tantanali marosim 31 avgust kuni “O'zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo'lib o'tdi, deb yozmoqda O'zA. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hukumat a`zolari, vazirlik va idoralar xodimlari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Saroyga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi. Davlatimiz rahbari minbarga taklif etildi. Prezidentimiz mustaqilligimizning yigirma olti yilligi bilan xalqimizni muborakbod etib, nutq so'zladi.

O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Bayram ahli qo'llarini ko'ksiga qo'yib, mustaqillik qo'shig'iga jo'r bo'ldi. Ohang og'ushida Vatan manzaralari, istiqlol tarixi tasavvurda gavdalandi.

Istiqlolimizning 26 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi chuqur ehtirom bilan yodga olindi.

Sahna ortidagi ulkan monitorda musaffo osmonimiz, oppoq kabutarlarning samoga parvoz qilgani tasviri aks etdi. Go'yo buyuk Yo'lboshchimiz ruhi jonajon Vatanining yangi parvozlariga oq yo'l tiladi.

O'zbekiston o'z mustaqilligining yangi davriga yangi yetakchi bilan qadam qo'ydi. 2016 yil 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan umumxalq saylovida Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov siyosatini davom ettirish, shu bilan birga, barcha sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadini bayon etdi.

“Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, degan tamoyilga asosan mamlakatimizni modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini oshirish bo'yicha tub islohotlar amalga oshirildi. Boshqaruv organlari faoliyati takomillashtirildi, ko'plab vazirlik va idoralar qayta tashkil etildi, yangi tashkilotlar tuzildi.

“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga muvofiq, xalq bilan muloqotning zamonaviy va samarali tizimi yo'lga qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, joylarda o'tkazilayotgan sayyor qabullar inson manfaatlarini ta`minlashga xizmat qilmoqda.

“Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi”, degan g'oya asosida aholiga keng imkoniyatlar berish, uning real daromadlarini ko'paytirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ish o'rinlari yaratish, eksport  hajmini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Bayram dasturi har qachongidan boshqacha bo'ldi. Kuy-qo'shiqlar she`rlar bilan uyg'unlashib ketdi. Bolalarning chiqishlari barchaga tabassum ulashdi. Harbiylarimizning mardonavor ovozi dillarga ko'chdi. Jahon mumtoz musiqalari zavq bag'ishladi. Tantanali marosim san`atkorlar jo'rligidagi “Vatan azizdir” qo'shig'i bilan nihoyasiga yetdi.

Bayram tadbirlarida yangragan kuy-qo'shiqlar olis-olislarga taralmoqda. Mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida bayram tantanalari, xalq sayillari davom etmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 01.09.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Farg'onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi
O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi?
Hamza – yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?
Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar
Apple xitoylik foydalanuvchlar ma’lumotlarini Xitoyga o‘tkazadi
Aholi qaysi tashkilotlardan ko'proq norozi?
Meksika prezidenti Tramp sababli AQShga safarini bekor qildi
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazadi
Poezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo'ladi
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi
O‘zbekistonda iste’molchilar qaysi davlat idorasiga ko‘proq ishonadi?
Messi bir o'yinda ikki rekord o'rnatdi
MXX qanday bo'lishi kerak?
Davlat idoralari rahbarlariga muntazam ravishda jurnalistlar bilan uchrashish majburiyati yuklandi
Xitoyda 1,6 trln dollarlik loyihalarga start beriladi
2017 yilda Ukrainadan O'zbekistonga qancha pul yuborilgani aytildi
Umid Ahmadjonov yana bir tashkilot prezidenti etib saylandi
O'zbekistonda Facebook ishlamay qoldi
Kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni rad etganlik uchun qanday jarima belgilanadi?
Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy termasining bo‘lajak bosh murabbiyi bilan uchrashish uchun Dubayga uchib ketdi
Ravon brendi 2017-yil bo‘yicha Sibirda eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobilga aylandi
“Suzuk ota” majmuasi 2018-yilgi mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi
Jahon iqtisodiyoti xakerlar sababli 600 mlrd dollarlik ziyon ko'rdi
Bojxona qo'mitasining yangi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi
Markaziy Osiyodagi eng korrupsiyalashgan davlat ma`lum qilindi
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi