У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi

calendar 17.11.2017
998

19 noyabr - Ayollar tadbirkorligi kuni sifatida  dunyoning 144 mamlakatida keng nishonlanadi. Tashabbusning maqsadi ayollarga iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etish imkonini berish, yetakchi, ixtirochi, yangilikka intiluvchi va tadbirkor ayollar  hamjamiyatini tashkil etish, iqtisodiy o'sish va yangi g'oyalarni hayotga tatbiq etishdir.

“Tadbirkor ayol” O'zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi 2016 yildan shu tashabbusga qo'shilib, mana ikkinchi yil, ayollar tadbirkorligi imkoniyatlari, mamlakatda bu harakatning jadal rivoji, ularning mustaqil va iqtisodiy jihatdan erkin bo'la olishlari, o'zlariga yangi imkoniyatlar ochib, muvaffaqiyatli va baxtli bo'la olishlarini namoyish etish maqsadida tadbirkor ayollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir o'tkazmoqda.

2017 yil 18 noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan WYNDHAM mehmonxonasida «O'zbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligining o'rni va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya va poytaxtdagi “Zarafshon” kinokonsert zalida uyushma tomonidan e`lon qilingan tanlov nominatsiyalari  g'oliblarini  taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ma`lumot o'rnida: ushbu tadbirlar 19 noyabr kuni butun dunyoda BMT shafeligida Ayollar tadbirkorligi kuni keng nishonlanishi munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Яндекс.Метрика