У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda 2016 yilda maosh va pensiyalar miqdori 15 foizga oshadi

calendar 01.01.2016
2758

O'zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori turli manbalar hisobidan 15 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning Yangi yil tabrigidaaytildi.

2015 yilning 1 sentyabridan O'zbekistonda eng kam ish haqi 10 foizga oshirilgandi. Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi — oyiga 130 240 so'm, yoshga doir pensiyalar — oyiga 254 730 so'm, bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 254 730 so'm, zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 156 310 so'mni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика