У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda 22-23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi

calendar 20.08.2015
1138

O'zbekistonda 22-23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan bo'lib o'tadigan umumxalq xayriya hashari oldidan yurtimizdagi barcha tashkilot, korxona hamda muassasalarda mazkur tadbirni puxta tashkil etish va yuqori saviyada o'tkazishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Xususan, "Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi hamda hududiy tuzilmalari va respublikamizdagi 10 mingga yaqin fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan hashar kunlari amalga oshiriladigan keng ko'lamli vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra, mahallalar, aholi punktlari, ko'p qavatli binolar hamda hovlilar atroflarini, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarni hamda ko'cha va yo'laklarni tartibga keltirish, daraxtlarga shakl berish, hududlarni maishiy hamda qurilish chiqindilaridan tozalash va boshqa yumushlar bajariladi. Tadbirlar davomida ehtiyojmand oilalarga, nogiron va yolg'iz qariyalarga moddiy yordamlar ko'rsatilishi ko'zda tutilgan. Ushbu mumxalq xayriya hasharida 17,5 million nafarga yaqin kishi, jumladan, 10 million nafardan ziyod yoshlarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Яндекс.Метрика