У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari targ'iboti uchun javobgarlik joriy qilinadi

calendar 03.11.2015
1590

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida XDP fraktsiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari ko'rib chiqildi.

Muhokamalar davomida "O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi ko'rib chiqildi.
Ta'kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini targ'ib qilish uchun ma'muriy javobgarlikka tortish bilan bog'liq masalalar birinchi o'qishda qayta ko'rib chiqilgan va ancha takomillashtirilgan.

Xususan, loyihada tamaki mahsulotlarini jamoat joylarida, transportda iste'mol qilish, shuningdek, ularni targ'ib qilish uchun javobgarlik joriy qilinishi ko'zda tutilgan. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика