У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda ba'zi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni cheklash tashabbusi bilan chiqishmoqda

calendar 21.01.2016
1383

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ba'zi messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar uchun zararli ta'sirini cheklash uchun maxsus choralar tayyorlamoqda. Bu haqda tashkilotdagi manbasiga asoslangan holda Sputnik xabar tarqatgan.

"Bugungi kunda “Kamolot” ushbu yo'lning boshida turibdi va ushbu tarmoqlar ishini cheklashning texnik va boshqa imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda. Xususan, yoshlar harakati diqqati Telegram, Facebook va "Odnoklassniki"ga qaratilgan", deyiladi xabarda.

“Bugungi kunda ushbu xizmatlar nafaqat O'zbekiston yoshlari orasida ommaviy balki ekstremist va terrorchilar orasida ham yoshlarni yollash uchun faol qo'llaniladigan vositalar bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham ushbu masalani diqqat bilan o'rganib chiqib, kerakli choralar topish kerak”, — dedi tashkilot vakili.

Uning so'zlariga qaraganda, ushbu masala ko'proq huquqiy sohaga aloqador hisoblanadi. Masalaning texnik jihati ikkinchi o'rinda. Barcha fikr va mulohazalarni hisobga olish uchun turli sohalardan ekspertlar taklif qilinadi va xalqaro tajriba o'rganiladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekistonda oxirgi yillar davomida “UZ” domenida milliy ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari, videoxostingi va maxsus axborot ta'lim tarmog'i — ZiyoNET tashkil qilingan.

“Kamolot” yoshlar harakati nodavlat, notijorat yoshlar tashkiloti tashkilot bo'lib, 1996 yilda tuzilgan. Tashkilot ko'ngilli ravishda tashkil qilingan va o'z-o'zini boshqarish tizimida ishlaydi. Bugungi kunda tashkilot 500 ming yoshlarni birlashtirigan.

Яндекс.Метрика