У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda biogaz qurilmalari joriy etiladi

calendar 30.05.2017
1156

O'zbekistonda 2017-2019 yillarda respublikada biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillarda respublikada biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoyning biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va servis xizmat ko'rsatish bo'yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan qo'shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Dastur doirasida O'zbekistonda 2017-2019 yillarda 726 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklarida biogaz qurilmalarini o'rnatish mo'ljallangan.

Dasturga ko'ra, 2017 yilda 75 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklarida biogaz qurilmalari o'rnatilsa, 2018 yilda – 291 va 2019 yilda – 360 xo'jalikda joriy etish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика