У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda "Dizayn tarixi" nomli elektron darslik yaratildi

calendar 07.01.2016
1637

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xodimlari "Dizayn tarixi" nomli elektron darslik yaratishdi.

Mazkur darslik dizayn ta'lim yo'nalishlari, xususan, "Libos dizayni" ta'lim yo'nalishi bakalavrlari uchun "Dizayn tarixi" fanidan mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tish uchun mo'ljallangan.

Dastur fan bo'yicha talabalar bilimini test asosida baholash, fan mavzulariga oid rasmli qo'llanmalar bilan tanishish, fanga oid taqdimotlar bilan tanishish, dizaynga oid boshqa adabiyotlar bilan tanishish, foydali dasturlar bilan tanishish kabi funktsional imkoniyatlarga ega. Ushbu elektron darslikda libos dizayni, arxitektura, web-dizayn, landshaft, temir yo'l va avtomobilsozlikka oid ma'lumotlar jamlangan.

Undan dizaynning barcha turlari bo'yicha ta'lim olayotgan talablar foydalanishi mumkin, deb xabarberadi Intellektual mulk agentligining axborot xizmati.

Mualliflar - D.D.Zuparova, N.N.Karimova va N.Ya.Nursaidovga ushbu darslik uchun № DGU 03393 raqamli guvohnoma berildi

Яндекс.Метрика