У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o'sdi

calendar 23.07.2018
1524

Markaziy bankning ma`lumotlariga qaraganda, O'zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o'sdi.

24 iyuldan boshlab AQSh valyutasi kursi 7789,3 so'mga teng. O'tgan hafta davomida dollar 1,5 so'mga oshdi.

Fevral oyidan buyon birinchi marta dollar 1 so'mdan oshdi - aprel oxirida valyuta 11 haftalik pasayishni to'xtatdi va 0,03 so'mga qimmatlashdi, shundan so'ng hozirga qadar so'mga nisbatan arzonlashib keldi.

Yevro ham oshdi - Yevropa valyutasi 9127,6 so'mni tashkil etadi, bu avvalgi haftaga nisbatan 27,5 so'mga ko'p. Rossiya rubli arzonlashishda davom etib, 1,7 so'mni yo'qotdi va 122 so'mga teng bo'ldi.

Яндекс.Метрика