У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3 ming so'mlik "chiziqdan o'tdi"

calendar 13.09.2016
2209

O'zbekiston Markaziy banki 2016 yil 14 sentyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo'yicha buhgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojhona va boshqa majburiy to'lovlari uchun horijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. AQSh dollari kursi o'tgan haftaga nisbatan 5,49 so'mga ortib, 3000,25 so'mni tashkil qildi. 

Bu 6 sentyabrdagi kursga nisbatan 5 so'm 49 tiyinga ko'p.

Yil boshiga nisbatan dollar kursi 190,27 so'm yoki 3,13 foizga o'sgan. 

Ta`kidlash joizki, AQSh dollari kursi 2016 yilning may oyi boshida 2,9 ming so'm ko'rsatkichidan ko'tarilgan. 

14 sentyabrdan e`tiboran 1 Yevro qiymati 3367 so'm 29 tiyin (6 sentyabrdagi kursga nisbatan 7 so'm 21 tiyin arzon), 1 Hitoy yuani 449 so'm 19 tiyin (6 sentyabrdagi kursga nisbatan 79 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 46 so'm 12 tiyin (6 sentyabrdagi kursga nisbatan 65 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Valyutalar kursi buhgalterlik hisob-kitobi, valyuta operatsiyalari bo'yicha statistik va boshqa hisobotlarni  yuritish, shuningdek bojhona va shu kabi majburiy to'lovlarni amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan har hafta belgilanadi. 

Eslatib o'tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog'ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика