У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda eski turdagi radarlardan foydalanish qonuniy hisoblanadimi?

calendar 02.11.2016
1430

O'zbekiston Respublikasida o'lchovlar birliligini ta`minlash, O'zbekiston Respublikasining «Metrologiya to'g'risida»gi qonuni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu haqda “O'zstandart” agentligi ma`lum qilmoqda.

Mazkur qonunning 16-moddasiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda (qonunning 14-moddasida ko'rsatilgan) foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo'yicha chetdan olib kelinishi lozim bo'lgan o'lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o'tkazilishi lozim.

Yuqoridagi qonun moddalari talablariga asosan, turi tasdiqlangan, metrologik attestatsiya qilingan yoki O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o'tkazilgan sinov, metrologik attestatsiya hamda qiyoslash natijalari e`tirof etilgan transport vositalarini harakat tezligini o'lchagichlari ro'yxati ilovada keltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi davlat standartining 4.4-bandiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda qo'llanadigan o'lchov vositalari ekspluatatsiya jarayonida majburiy davriy qiyoslash ko'rigidan o'tkaziladi.

Mazkur standartning 4.10-bandiga asosan, qiyoslashning ijobiy natijalari qiyoslash vositalari va usullari joriy qilingan hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi va qiyoslash to'g'risidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi. O'lchash vositalarini qiyoslash doimiyligi (qiyoslashlararo intervallar) qiyoslashdan o'tkazilishi lozim bo'lgan o'lchov vositalari turkumlarining ro'yxatiga asosan transport vositalarining harakat tezligini o'lchagichlari uchun qiyoslash sertifikati muddati 1 yil deb belgilangan.

Bugungi kunda foydalanishda bo'lgan tezlik o'lchov vositalarining qo'llanilishi yoki qo'llanilmasligi bo'yicha qarorni ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilot yoki korxona vakolatiga kiradi.

O'zbekiston Respublikasida o'lchov vositalari Davlat Reyestridan import qilingan yoki turini tan olish yo'li bilan transport vositalari harakat tezligini o'lchagichlari ro'yxati

Manba: mxkm.uz

Яндекс.Метрика