У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda gidroenergetika rivoji uchun 889,4 mln dollar yo'naltiriladi

calendar 23.11.2015
2982

O'zbekiston hukumati 2021 yilgacha 9ta yangi gidroelektrostantsiya qurilishi hamda 15ta mavjud GES ta'mirlanishi uchun 889,4 mln dollar mablag' sarflashni rejalashtirmoqda.

O'zbekistonda 2016-2020 yillarda gidroenergetika sohasini rivojlantirish bo'yicha dastur tasdiqlangan hukumat qarorida shu haqda ma'lum qilingan.

Qarorga ko'ra, "O'zbekenergo" kompaniyasi tizimida 4ta yangi GES barpo etiladi.

GES «Kamolot» (Chirchiq-Bo'zsoyda, 8 MVt),
Nanay GESi, (Oqsaroy daryosida, 2 MVt),
Tamshush GESi (Oqdaryo-Oqsuv daryosida, 11 MVt),
Dektar GESi (Tanxizdaryo, 2,5 MVt).

"O'zbekenergo" tarkibidagi 11ta GESda (shu jumladan, Farhod, Chorvoq GESlari) modernizatsiya qilish ishlari olib boriladi.

Kompaniyaga bu loyihalar uchun 576,61 mln dollar mablag' ajratiladi.

O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi esa 321,8 mln dollar mablag' evaziga 5ta yangi GES quradi hamda mavjud 4tasini modernizatsiya qiladi.

Tuyabo'guzsuv omboridagi Kichik GES (12,5 MVt),
Katta Farg'ona kanalida Kichik GES (10,2 MVt),
Ohangaron daryosida Kichik GES (18 MVt),
Darg'om kanalida Shavdar kichik GESi (7,2 MVt),
To'polangdaryoda Zarchob kichik GES-1 (23 MVt).

Vazirlik modernizatsiya qiladigan GESlar qatorida Andijon GES-1, Tuyamo'yin GES va To'palongdaryo gidrouzeli bor.

Яндекс.Метрика