У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda hayvonlarning yashashi uchun qulay sharoitlarni yaratish qoidasi kuchga kirdi

calendar 12.01.2016
1906

O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 31 dekabrdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Veterinariya to'g'risida”gi qonuniga binoan, hayvonlarning sog'lig'iga salbiy omillarning zararli ta'siri bilan bir qatorda ularning yashashi uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash qoidasi kiritildi.

Epizootik holatlar kelib chiqishi, namoyon bo'lishi hamda unga qarshi kurashish masalalari, chorva mollari egalarining majburiyatlari belgilab berildi.

– Qonunga veterinariya sohasidagi asosiy tushunchalarning kiritilishi, ayniqsa, biologik chiqindilar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga aniq ta'rif berilgani soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari Sadirjon Jakbarov. – Hujjatga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning tegishli hudud aholisini epizootiya va nobop punkt to'g'risida xabardor etishdagi ishtirokini belgilovchi normalar kiritilgani ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi.

Qonunga ko'ra, chorvachilik faoliyatini tashkil etish va yuritish, hayvonlarni saqlash, ozuqabop qo'shimchalarni hamda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog'liq korxona va tashkilotlar ustidan tizimli davlat veterinariya nazorati olib borilishi belgilandi. Ularning faoliyati tegishli mezonlarga ko'ra tashkil etiladi. Bundan tashqari, qonunda xususiy veterinariya faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari rolini oshirish, ularning manfaatlari himoyasini va raqobat muhitini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Qonunda davlat veterinariya xizmati barcha chorvachilik ob'ektlarining, kushxonalar, qayta ishlovchi korxonalar, savdo shoxobchalari, xomashyo omborlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, er qazish ishlarining veterinariya ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etishi belgilandi. 

Яндекс.Метрика