У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda homiladorligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish taqiqlandi

calendar 05.12.2015
1537

O'zbekistonda homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish yoki ular ish haqini kamaytirishga yo'l qo'ymaslik, mehnat sharoiti noqulay ishlarda ayollar mehnati qo'llanishini taqiqlash kabi qat'iy me'yorlarning to'liq qo'llanishi ta'minlandi.

Bu haqda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag'ishlab Xorazm viloyatida tashkil etilgan “Konstitutsiya – ayol huquqlarining kafolati” mavzusidagi seminarda aytib o'tildi.
Tadbirda Mamlakat kasaba uyushmalari xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, ular uchun mehnatni bola tarbiyasi bilan uyg'un holda olib borish borasida etarli sharoitlar yaratish yo'nalishlarida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o'tildi.

Xususan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan jamoa shartnomalariga «Ayollar mehnatini tartibga solish. Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg'ul shaxslarga beriladigan qo'shimcha imtiyoz va kafolatlar» bo'limi kiritilib, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va kafolatlar ko'lami kengaytirildi. 
Unga ko'ra, kichik yoshdagi farzandlari bor ayollarga qisqartirilgan ish vaqti belgilash, haq to'lanadigan homiladorlik va tug'ish ta'tillari kunini uzaytirish, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bola parvarishi ta'tilidagi ayollarga har oyda moddiy yordam ko'rsatish, 2 yoshgacha farzandi bo'lgan ayollarga haq to'lanadigan tanaffuslar berish imtiyozlari qo'llanilmoqda.

Shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarda homilador ayollarni ishga qabul qilish uchun ma'lum miqdorda ish o'rinlari ajratish, ayollarni bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish, xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish, 12 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band bo'lgan ishlovchi ayollarga qo'shimcha mehnat ta'tillari kuni yoki qo'shimcha dam olish kuni berish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Яндекс.Метрика