У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda ilk marotaba 4K formatda film suratga olindi

calendar 21.12.2015
2421

'zbek kinosi tarixida ilk marotaba zamonaviy 4K formatda film suratga olindi. “O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida rejissyor Rustam Sa'diev tomonidan suratga olingan “Baron” filmiga ayni paytda Magic Pro Production studiyasida ranglar jilosi bilan sayqal berilmoqda.

Rejissyorning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, jahon standartlariga javob beruvchi mazkur kartina IMAX kinozallarida ham namoyish etishga mo'ljallangan holda suratga olindi. Tasvirga olish ishlari 2015 yil may oylarida boshlangan bo'lib, sentyabr oyida ovozlashtirish ishlariga etib kelindi.

Bugungi kunda filmni rus va ingliz tillariga o'girish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. “Baron” premerasi 2016 yilning boshida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o'tamiz, mazkur kartinada "Karib dengizi qaroqchilari", "Muqaddas zamin" kabi Gollivud filmlaridagi ishtiroki orqali tanilgan aktyor Gassan Massud bosh rolni ijro etish uchun taklif etilgan.

Rejissyor Rustam Sa'diev bilan bo'lib o'tgan intervyuning to'liq matni yaqin soatlarda e'tiboringizga havola etiladi.

Яндекс.Метрика