У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda internetning umumiy tezligi 21 Gbit/sekunddan oshdi

calendar 30.07.2015
1511

O'zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi kollegiyasi 2015 yil birinchi yarmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivoji ko'rsatkichlariga yakun yasadi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati ma'lumot berdi.Unga ko'ra, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 21.25 Gbit/sekundni tashkil qildi. Internet tarmog'iga ulanish portlari miqdori 699.3 minga etdi. Qo'llanilayotgan portlar miqdori 21.4 foizga oshdi.Xalqaro paket kommutatsiyasi markaziga ulanuvchi operatorlar va internet provayderlari uchun tariflar 206.97 dollarga tushirilib, 1 Mbit/sekundni tashkil qildi; bu o'tgan yil ko'rsatkichlaridan 20.2 foizga ko'proqdir. UZ zonasida ro'yxatdan o'tkazilgan domenlar soni bugungi kunda 21.86 mingdan oshib ketdi. Yil oxiriga qadar 1.8 ming km li optik tolali aloqa kabellari yotqizilishi rejalashtirilgan. Ayni kunda aholining raqamli telekanallarning etkazilishi 54 foizga etdi. 2015 yil oxiriga qadar yana 19ta raqamli televidenie uzatkichlari o'rnatib, ushbu ko'rsatkichni 70 foizga etkazish rejalashtirilmoqda.
Яндекс.Метрика