У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda ishlab chiqarilgan engil avtomobillar eksporti uchun yangi bozorlar qidirilmoqda

calendar 09.02.2015
7106

"O'zavtosanoat” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozorlar qidirilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. "Ayni vaqtda, eksport yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish maqsadida "O'zavtosanoat” korxonalari mahsulotlari uchun yangi bozorlarni izlash bo'yicha muntazam ravishda samarali faoliyat olib borilmoqda”, – deyiladi kompaniya xabarida. Ayni damda, aynan qaysi mahsulotlari uchun qaysi bozorlar topilganiga, qaysi bozorlar tark etilayotganiga aniqlik kiritilmagan. Avvalroq, O'zbekistonda 2014 yilda 245 mingdan ortiq engil avtomobil ishlab chiqarilgani, GM Uzbekistan esa 55 ming engil avtomobilni eksport qilgani haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, qayd etishlaricha, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinasozlik mahsulotlariga Rossiya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, shuningdek, Indoneziya, Braziliya, Turkiya va Janubiy Koreya bozorlarida "talab katta”.
Ma'lumot uchun, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan engil avtomobillarning xorijdagi asosiy "iste'molchisi” – Rossiyada GM Uzbekistan’ning savdo ko'rsatkichlari so'nggi ikki yildan beri muttasil pasayib bormoqda.
Яндекс.Метрика