У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Islom Karimov haqida birinchi roman nashrdan chiqdi

calendar 05.01.2018
1360

“Afg'on shamoli” va boshqa ko'plab roman hamda qissalar muallifi Isoqjon Nishonovning “Jasorat” romani nashrdan chiqdi. Mazkur roman “Namangan” nashriyoti tomonidan tayyorlanib, Toshkentdagi “Yosh kuch press matbuoti” bosmaxonasida chop etildi va tez kunlarda kitobxonlar qo'liga yetib boradi, deb xabar bermoqda Namnews.uz.

Ta`kidlanishicha, yozuvchi ushbu asarni O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, buyuk davlat arbobi Islom Karimovning xotirasiga bag'ishlagan va u kishining mustaqillikning dastlabki yillaridagi jasorat, matonat, fidoyilik bobida tahsin va ta`zimga loyiq hayoti hamda faoliyatini qalamga olgan.

“Xususan, romanga 1991 yildagi Namangan voqealari asos qilib olingan. Ma`lumki, o'sha yillarda Namanganda turli diniy oqimlar, “Adolat”, “Islom lashkarlari” kabi norasmiy tuzilmalar paydo bo'lib, ular xalqparvarlik niqobi ostida sho'ro istibdodidan endigina qutilgan va hali kelajagini aniq-tiniq tasavvur qilishga ham ulgurmagan xalqni chalg'itib, konstitutsion tuzumga qarshi faoliyat boshlagan edi. Ularning maqsadi vodiy viloyatlarini birlashtirgan xolda amirlik tuzish, kelajakda O'zbekistonni islom davlatiga aylantirish edi. Bu yo'lda ular Namanganda bir qancha qora ishlarni amalga oshirishga, xalqning tinchiligini buzishga, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishga ulgurgan edi. Shunday nozik va qaltis pallada Islom Karimov muxolifatchilarning talabiga ko'ra Namanganga zudlik bilan yetib keladi va tug'yonga tushgan olomon orasiga tog'day yurak bilan yorib kirib boradi”, - deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, 228 sahifadan iborat romanda o'sha alg'ov-dalg'ov yillar voqealari ishonchli manba, dalil va ma`lumotlar asosida badiiy ifoda etilgan. Asar qahramonlarining barcha prototipga ega.

Яндекс.Метрика