У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanadi

calendar 28.11.2017
1920

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug'aniyevich Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ulkan tarixiy xizmatlarini inobatga olib hamda u kishining xotirasini abadiylashtirish bo'yicha boshlangan ishlarni davom ettirish maqsadida qabul qilingan.

Tashkiliy qo'mita ikki hafta muddatda bu sanani nishonlash bo'yicha ishlab chiqadigan tadbirlar rejasida quyidagilar nazarda tutilgan:

- 2018 yil yanvar oyida Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini ochish;

- Qarshi shahrida Islom Karimov xotirasiga bag'ishlab haykal o'rnatish va tantanali ochilish marosimini o'tkazish;

- «O'zbekkino» Milliy agentligi tomonidan Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

- «O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov faoliyati xronikasi (solnoma)» kitobini, «Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir», «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch» asarlari, shuningdek, «Prezidentga maktublar» kitobini nashr etish;

- Samarqand shahrida «Islom Karimov — O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazish;

2018 yilning I choragida «Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola» tanlovini yakunlash va uning g'oliblarini taqdirlash;

- ta`lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, turli soha mutaxassislari ishtirokida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga bag'ishlangan uchrashuvlar tashkil etish.

Shuningdek, qaror matnidan ma`lum bo'lishicha, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan «Islom Karimov — mustaqil O'zbekiston asoschisi» kitob-albomi nashrga tayyorlanmoqda.

Яндекс.Метрика