У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Lada Vesta sotuvlari rejadagidan ko'ra kechroq boshlanadi

calendar 28.11.2015
2836

Rossiyaning Lada Vesta mashinasi O'zbekistonda ilgari mo'ljallanganidan 3-4 ming dollar arzonroqqa sotiladigan bo'ldi. Lada Uzbekistan dilerlik markaziga tayanib xabar berayotgan Review.uz saytining yozishicha, mashinaning top komplektatsiyasi narxi 12 ming dollarni tashkil qiladi.

Rossiyaning “AvtoVAZ” avtogigantiga tegishli “X” silsilasidagi yangi sedan O'zbekiston hududida eng erta keyingi yilning mart oyida sotuvga chiqariladi. Unga qadar bir qancha qo'shimcha ishlanmalarni amalga oshirish hamda eksportga modernizatsiya qilingan mahsulot chiqarish rejalashtirilmoqda. Eski xabarga ko'ra, Vesta O'zbekistonda 2015 yilning sentyabridan sotuvga chiqarilishi ko'zda tutilgan edi.

O'zbekistonga “Komfort”, “Optima” va “Lyuks” komplektatsiyasidagi avtomobillar sotiladi. Model “Еvro-5” ekologik xavfsizlik indeksiga ega.

Yangi avtomobil 1.6 l li 106 ot kuchiga ega dvigatel va robotlashtirilgan o'tkazmalar qutisi bilan ta'minlanadi. Yoqilg'i sarfi – 7 l/100 km.

2016 yil boshiga kelib 1.8 l li dvigatelga ega modifikatsiya ham sotuvga kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Яндекс.Метрика