У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik oyna ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi

calendar 21.12.2016
1860

Shishaga chuqur ishlov berish va yirik o'lchamdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha zavodga rasmiy poydevor qo'yish marosimi tashkil etildi. U Xitoyning savdo-sanoat kompaniyasi «Min`yuan silu» tomonidan barpo etiladi. Marosim 16 dekabr kuni O'zbekistonning «Jizzax» erkin iqtisodiy hududida bo'lib o'tgan. Bu haqda, 1news.uz sayti xabar qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, loyihaning umumiy qiymati 110 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Rejaga muvofiq, uning birinchi navbati 2017 yil mayida foydalanishga topshiriladi. Uning to'liq quvvat bilan ishga tushishi 2019 yil sentabriga belgilangan. Bu vaqtga kelib, «Min`yuan silu» Markaziy Osiyo mintaqasida shisha mahsulotlari, katta o'lchamli oyna ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyaga aylanadi. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика