У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda prezidentning vafoti sanasi haqida yolg'on habar tarqatganlarga qarshi kurash kuchaytirildi

calendar 09.09.2016
5466

O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti bilan bog'liq asossiz mish-mishlar tarqalishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirdi. Bu haqda respublika IIB vakiliga asoslangan holda RIA Novosti agentligi habar bergan.

O'zbekiston hukumati 2 sentyabr' kuni prezident Islom Karimovning 78 yoshida insul't oqibatida Toshkent shahrida vafot etgani haqida rasman ma`lum qilgandi. Marhum 3 sentyabr' kuni o'z ona shahri Samarqandda dafn etildi.

"Ijtimoiy tarmoqlar, internet-messenjYerlar va internet-telefoniya servislarida tarqatilgan yolg'on ma`lumotlarni aniqlash va ularning oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda", — degan manba.

Uning so'zlariga ko'ra, gap ijtimoiy tarmoqlar orqali Islom Karimovning vafoti sanasi haqida yolg'on ma`lumot tarqatganlar, shuningdek, O'zbekistonning birinchi prezidenti vafotidan keyin mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyat yomonlashishi haqida fikrlar bildirib, aholi o'rtasida vahima hosil qilishga uringanlar haqida bormoqda.

Яндекс.Метрика