O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?

Oktyabr oyida hh.uz (Headhunter Job Index) portalida joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 258 foizga ko'p (4 baravar ko'p) vakansiya joylashtirildi, bo'sh ish o'rinlarining asosiy ulushi esa Toshkent shahrida nashr etildi.

O'zbekistonning eng talabgor professional sohalari

Manbaga ko'ra, oktabr oyida O'zbekistonning eng talabgor professional sohalari "Sotuvlar" bo'lgan, barcha vakansiyalarning 21,3 foiz ulushi shu sohaga to'g'ri kelgan. Ikkinchi o'rinda "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" - 10,1 foiz. Uchinchi o'rin 9,0 foiz ko'rsatkich bilan "Marketing" sohasiga tegishli, to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni esa 8,4 foiz ulush bilan "Ma`muriy personal" va "Ishlab chiqarish" sohalari bo'lishib oldi.

Eng yaxshi haq to'lanuvchi professional sohalar

Oktyabr oyida portaldagi eng yaxshi haq to'lanuvchi professional sohalardan biri "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" bo'ldi. Bu yerda maksimal ish haqlari qayd etilgan, soha ish beruvchilari nomzodlarga 5 000 000dan 12 750 000gacha maosh to'lashga tayyor.

IT-texnologiyalar doim eng talabgor va tez rivojlanuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Bu soha mutaxassislariga bo'lgan talab haddan ziyod yuqori, ish haqi ham shunga yarasha.

Ish beruvchilar IT-mutaxassislar pozitsiyalarida a`lo darajali professional ko'nikmalar va zarur ish tajribasiga ega nomzodlarni ko'rishni istashadi.

Ikkinchi o'rindan "Oliy menejment" sohasi mutaxassislari joy oldi. Bu yerda ish beruvchilar nomzodga oyiga 4 milliondan 13 millionga yaqin pul to'lashga tayyorlar. Nomzodlar aniq maqsad va vazifalar qo'yib, natijalarga erisha biluvchi kuchli boshqaruv va yetakchilik ko'nikmalariga, rahbarlik lavozimlarida tajribaga ega bo'lishlari kerak.

Oyiga 8 milliondan oshiq ish haqi yuqori ish samaradorligi va ishtiyoqqa ega ingliz tili bilan ishlovchi kopirayterlar va rerayterlarga taklif qilinadi.

Sotuvlar sohasi mutaxassislariga ish beruvchilar oyiga 5-7 000 000 so'm taklif qilishmoqda. hh.uz portalida bosh buxgalter va HR-menejyerga to'lanayotgan eng yuqori ish haqi 5 000 000 so'mni tashkil qiladi.

Marketing va PR-menejyeri hamda xaridlar bo'yicha menejyerlar oyiga 4 million so'mgacha ish haqi olish imkoniga ega.


Комментарии (0) | Добавить: 17.11.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi