У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi texnikasining mahalliy brendi ishlab chiqiladi

calendar 11.05.2018
927

O'zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishloq xo'jaligini o'z vaqtida qishloq xo'jaligi texnikasi bilan ta`minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O'zA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan “O'zagrotexsanoatxolding” AJ O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: 

qishloq xo'jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish 
va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini; 

2018-2020 yillarda qishloq xo'jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro'yxati bilan birga qishloq xo'jaligi texnikasining har bir turi bo'yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini; 

2018-2020 yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini; 

qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag'larini jalb etish bo'yicha takliflarni kiritadi. 

O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda: 

a) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq ho'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan qishloq xo'jaligi texnikasini yetkazib berish uchun mablag'larning o'z vaqtida ajratilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat o'rnatadi; 

b) 2018 yil 1 sentabrga qadar muddatda “O'zagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini o'rgansin, sabzavotchilik, uzumchilikni jadal rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, qishloq xo'jaligi texnikasi parkini to'liq xatlovdan o'tkazsin hamda moliyalashtirish, qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xizmatlar ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi, bunda quyidagilarga alohida e`tibor qaratiladi: 

qishloq xo'jaligi texnikasi parkini unifikatsiya qilish va joylarda ularga servis xizmati ko'rsatishni tashkil etish, zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni o'zlashtirishni nazarda tutgan holda agrotexnika tadbirlarining turlari bo'yicha qishloq xo'jaligi texnikasiga bo'lgan miqdoriy ehtiyoj, foydalanishga yaroqsiz hamda hisobdan chiqarilishi lozim bo'lgan texnikani inobatga olgan holda ularning amalda mavjudligi; 

mavjud qishloq xo'jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish; 

qisqa muddatli reja asosida respublikaning qishloq xo'jaligi texnikasiga bo'lgan ehtiyojini qoplash usullari va yo'llarini aniqlash; 

mashina-traktor parklarining moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat tizimini yaratish va ular tomonidan qarzdorlikning o'sishiga olib keluvchi to'lovlarsiz xizmat ko'rsatish amaliyotini tugatish; 

xorijiy bozorlarda o'xshash texnikaning sifati va narxini tahlil qilgan holda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi texnikasini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o'rganish. 

Яндекс.Метрика