У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin

calendar 21.07.2017
2551

O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi (regulation.gov.uz) portalida «Qurol to'g'risida» va «Oliy Majlisning 2001 yil 12 maydagi 222-II sonli «Amalga oshirish uchun litsenziya (ruxsatnoma) talab qilinadigan faoliyat turlari to'g'risida» qarori 1-ilovasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida»gi Qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga kiritildi. 

Qonunni ishlab chiqishdan maqsad, loyiha muallifi bo'lgan IIVga ko'ra, amaldagi me`yoriy-huquqiy asoslarning to'liq va mukammal emasligi, yagona mexanizm yo'qligi va shu sababli vujudga kelayotgan ko'plab huquqiy anglashilmovchiliklar o'rnini to'ldirishdir. 

Qonun loyihasi qurollarni ularning qo'llanilish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi turlarga bo'lgan:

fuqarolik;
xizmat;
jangovar.

Fuqarolik quroli

Fuqarolik qurollariga fuqarolar tomonidan ov va sport bilan shug'ullanishlari hamda o'zlarini mudofaa qilishlari uchun mo'ljallangan qurollarga aytiladi. 

Qonun loyihasida fuqarolar uchun qurollar ham bir necha namunaga tavsiflangan:
1) ov quroli, bir necha namunalari qayd etilgan
2) sport quroli, bir necha namunalari qayd etilgan
3) o'zini mudofaa qilish uchun qurol, bularni ham turlari toifalashtirilgan. 

Xizmat quroli sifatida yuridik shaxslar xizmatchilari tomonidan qonunchilik asosida fuqarolar hayoti va salomatligi, mulki, tabiat va tabiiy zaxiralar, qimmatbaho va xavfli yuklar, maxsus jo'natmalarni qo'riqlashda o'zlariga yuklangan maxsus vazifani bajaruvchi xizmatchilar hamda davlat organlarining yuqori lavozimli mulozimlari o'zlarini mudofaa qilish maqsadida olib yuradigan qurollar tushuniladi. 

Maxsus xizmat topshirig'iga ega yuridik shaxslar va qurol olib yurishga haqli bo'lgan davlat organlari rahbarlarining ro'yxati, ularga beriladigan qurol-yarog'lar aylanmasi, saqlash, olib yurish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o'rnatiladi. 

Jangovar qurol

Jangovar qurollar sifatida jangovar harakatlar olib borish va xizmat burchini bajarish uchun qonunda belgilangan tartibda Mudofaa,Ichki ishlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining davlat feldʼegerlik xizmatiga qabul qilingan qurollar tushuniladi. 

Harbiy bo'linmalar, maxsus organlar va birlashmalarda jangovar qurolaylanmasi tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o'rnatiladi. 

Яндекс.Метрика