У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Ramazon oyiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

calendar 31.05.2016
1693

O'zbekistonda Ramazon oyi har yildagidek shukuh va ko'tarinki kayfiyatda kutib olinadi. 

Xayru saxovat oyida odamlar bir-birlariga yaxshilik qilish, yordam qo'lini cho'zish, yolg'iz qolgan nogiron va qariyalardan xabar olish kabi ezgu ishlarni qilishga talpinadilar.

Masjidlar yana obod va ko'rkam bo'lmoqda. Xalq o'zaro hasharlar tashkil etib taroveh va xatmi Qur'on tadbirlarga tashrif buyuradiganlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga harakat qilmoqda.

Ayni paytda o'zbekistonliklarning 650 nafari Ramazon oyida Umra ibodatini amalga oshirish uchun shaylanib turibdi.

Bugun, 31 may kuni Toshkentning "Shayx Zayniddinxon" masjidida Ramazon Umrasiga boruvchi ziyoratchilar guruh rahbarlari uchun amaliy o'quvlar tashkil etildi.

O'quvlar davomida Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi xodimlari tomonidan ziyoratchilarga xizmat qilish, ularning ibodat qilish davomida sog'liqlarini ehtiyot qilishlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Aytish o'rinliki, an'anaga ko'ra, ziyoratchilar Madina va Makka shaharlaridagi qulay va shinam mehmonxonalarga joylashadi. Bu yil ham Madinadagi mehmonxona masjiddan 100-150 metr, Makkada esa 1000-1500 metr uzoqlikda joylashgan bo'lib, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratilib hozirlab qo'yilgan.

Umrachilarga ishchi guruhi, shifokor, oshpazlar va guruh rahbarlari jami 24 nafari kechayu kunduz xizmat ko'rsatadi.

Ro'zador ziyoratchilarga ikki mahal saharlik va iftorliklari uchun issiq ovqat, choy va boshqa ichimliklar taqdim etiladi.

Яндекс.Метрика