У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda skuterlar mototsikllarga tenglashtirildi

calendar 09.01.2016
1408

Dvigatelning ishchi hajmi 50 kub.sm dan oshiq bo'lgan va 50 km/soatdan ortiq maksimal konstruktiv tezlikka ega skuterlar, elektr skuterlar va kvadrotsikllar O'zbekiston yo'l harakati qoidalarining yangi tahririga muvofiq mototsikllarga tenglashtirildi.

“Na postu” gazetasiga bergan intervyusida IIV vakili Xolmatjon Saydaliev mazkur turdagi transport vositalari mototsikllar sifatida ro'yxatga olinib, ularga davlat raqamlari berilishini, ularni boshqarish uchun esa “A” toifali haydovchilik guvohnomasi kerak bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

Ilgari xabar qilinganidek, yo'l harakati qoidalarining yangi tahriri joriy yilning birinchi martidan kuchga kiradi.

Яндекс.Метрика