Internet xizmati sifatining yomonlashuvi natijasida ommaviy messenjerlarning (Skype, Viber, Telegram va boshq.) barqaror ishlashidagi ba'zi muammolar 1 oktyabrgacha davom etishi mumkin. Bu haqda Gazeta.uz Toshkentdagi internet-provayderlariga tayanib xabar tarqatdi.
Oldinroq, «O'zbektelekom» kompaniyasi provayderlari profilaktika ishlari keyingi oygacha davom etishi haqida xabar berib o'tgandi.
O'bekistonlik internet foydalanuvchilari
iyul oyining oxirlarida Skype messenjeri orqali video qo'ng'iroqlarni
amalga oshirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida gapirib
o'tishgandi.
Matnli xabarlarda esa bu muammo kuzatilmagan. Avvaliga
profilaktika tufayli yuzaga kelgan bu muammo 8 avgustgacha, keyin esa 31
avgustgacha bartaraf etilishi ko'zda tutilgandi. Biroq endi u yana bir
oyga cho'zilishi aytilmoqda.