O'zbekiston hududida «O'zbektelekom» kompaniyasi provayderlari profilaktika ishlari yakunlanib, 2 oktyabr kunidan ommaviy messenjerlar (Skype, Viber, Telegram va boshq.) barqaror ishlashni boshladi.
Oldinroq, O'zbekistonda Skype messenjeri bilan bog'liq muammolar 1 oktyabrgacha davom etishi mumkinligi xabar qilingandi.
O'bekistonlik internet foydalanuvchilari iyul oyining oxirlarida Skype messenjeri orqali video qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida gapirib o'tishgandi.