У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi

calendar 22.02.2017
2084

O'zbekiston hukumati huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi Oliy Majlisga respublika Jinoyat kodeksiga spayslar tayyorlash, saqlash va sotish uchun jinoiy javobgarlik kiritish haqidagi o'zgarishlar loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

"O'zgarishlar loyihasi tayyorlangan va taaluqli muassasalar tomonidan tasdiqlangan. Yaqin orada Bosh prokuratura ushbu loyihani qonunchilik tashabbusi sifatida taklif qiladi", — degan Milliy qo'mita vakili.

JKga kiritilayotgan o'zgarishlar spayslarni narkotik va psixotrop moddalar hamda ularning prekursorlariga tenglashtiradi. Jinoyat kodeksida spayslar narkotiklarning alohida turi sifatida belgilanadi.

Ayni damda O'zbekiston JKda narkotik moddalar bo'yicha jazo olti oydan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko'zda tutgan. 2015 yilning iyun oyida O'zbekistonda taqiqlangan narkotik va psixotrop moddalar ro'yxati spays deb hisoblanuvchi 80ta yangi turlari bilan to'ldirilgan edi.  

Xabarga ko'ra, 2016 yilda O'zbekistonda psixologik faol moddalar aylanishi bo'yicha 43ta holat aniqlanib, 579 gramm spays qo'lga olingan. Mutaxassislar fikriga ko'ra, so'nggi 2-3 yilda MDH mamlakatlarida spayslar aylanmasi keskin oshgan.

Яндекс.Метрика