У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda sulfat kislota ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi

calendar 25.12.2015
1990

                                   

Olmaliqdagi “Ammofos-Maksam” kimyo zavodi 2019 yilning oxirigacha sulfat kislota ishlab chiqaruvchi yangi korxona qurilishini oxirigacha etkazishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi korxonadagi manba Sputnik muxbiriga.

Manbaning aytishicha, zavod bu loyihani amalga oshirish uchun uchta yirik xorijiy kompaniya: Germaniyaning LRC, Italiyaning Desmet Ballestra va Finlyandiyaning Outotec kompaniyasi bilan hamfikrlik kelishuvini imzoladi.

Loyihaning dastlabki qiymati 105 mln dollarni tashkil qiladi, undan 60 mln dollari xorijiy investorlar tomonidan ajratiladi. 2016 yilning 1-choragida xorijiy kompaniyalar loyihaning texnologik tashkil etuvchisi va qiymati bo'yicha takliflarini taqdim qiladilar.

Yangi korxonaning quvvati yiliga 650 ming tonna sulfat kislotani tashkil qiladi. Bu korxonaning ishga tushirilishi bugungi kunda eskirib qolgan, 1981 yilda qurilgan amaldagi majmuani foydalanishdan chiqarishga imkon beradi.

2008 yilda “Ammofos-Maksam” zavodining 49 foiz aktsiyasi Ispaniyaning Maxam Corp kompaniyasi tomonidan sotib olingan, u zavodning modernizatsiyasi uchun kamida 30 mln dollar investitsiya qilishni o'z zimmasiga olgan. Zavod mahsulotining asosiy importchilari Xitoy, Eron, Afg'oniston va Tojikiston hisoblanadi.

Яндекс.Метрика