У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda tibbiyot xodimlari maoshiga maxsus oylik ustama qo'shiladi

calendar 13.10.2016
2613

Shu yilning noyabr oyidan boshlab sog'liqni saqlash tizimida faoliyat ko'rsatuvchi ayrim xodimlarning tarif stavkalariga maxsus oylik ustama to'lov tizimi joriy etiladi. UzbekistanToday nashri bunday ustamalar kimlarga berilishiga aniqlik kiritib o'tgan.

Xabar qilinishicha, eng ko'p miqdordagi ustamalar qo'shib beriladigan xodimlar sirasiga xo'jalik bekalari kiradi. Bu toifadagi xodimlarning maoshlariga eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida ustama qo'shiladi.

30 foizlik ustamalar esa ishlash ichki ishlar organlari tomonidan qo'riqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga tenglashtirilgan muassasalarning bosh vrachi, bosh vrach o'rinbosari va oliy ma`lumotli mutaxassislarga beriladi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan qo'riqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalari xodimlari maoshlariga ham ustama qo'shish ko'rib chiqilgan. Bunday xodimlarga eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida ustama to'lash belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-sanitariya birlashmasi xodimlariga turli miqdorlarda ustamalar to'lash o'rnatiladi. Muassasalarning rahbari, rahbar o'rinbosari va oliy ma`lumotli mutaxassislari (Tibbiy-sanitariya birlashmasi apparatida shtatda turuvchi xodimlardan tashqari) 15 foizlik ustamaga ega bo'lishadi. 

O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-sanitariya birlashmasi muassasalarining qolgan xodimlariga esa 10 foizlik ustamalar belgilanadi.

Яндекс.Метрика