У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda tungi klublarga 5 mingdan ortiq reydlar uyushtirildi

calendar 06.08.2015
3843

Oxirgi 10 kun ichida maxsus ishchi guruhlar tomonidan O'zbekistonning turli qismlaridagi tungi klublarga 5 mingdan ortiq reydlar uyushtirildi. Bu haqda "Huquq” gazetasi yozmoqda. Kafelar, tungi klublar, kompyuter zallari va internet klublari tekshirilganda u erda bo'lgan 500dan ortiq voyaga etmagan shaxs qo'lga olindi. 258 klub xo'jayinlari ularni bunday muassasalarga kiritgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi.Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari "Biz tungi klublarga qarshimiz” nomli guruhlar tashkil etayotgani xabar qilindi. Guruh ishtirokchilari O'zbekiston hududida tungi klublar faoliyatini man qilishga chaqirmoqda.
Яндекс.Метрика