У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda turistik avtobuslar ishlab chiqarila boshlanadi

calendar 09.11.2017
1263

O'zbekistonda JV MAN Auto Uzbekistan qo'shma korxonasi negizida ham shahar transporti, ham sayyohlarga xizmat ko'rsatuvchi Coach bus seriyasidagi avtobuslar ishlab chiqarila boshlanadi.

Avtobusning sayyohlarga mo'ljallangan varianti maksimal darajadagi qulaylik, yuqori xavfsizlikni taklif qiladi va ekologik jihatdan namunali bo'ladi.

“Kelgusida biz JV MAN Auto Uzbekistan’da ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilmoqchimiz. Bizning avtobuslarga Qozog'iston, Tojikiston va Turkmanistonda katta qiziqish bildirilmoqda. Biz O'zbekistondagi filialimizni mintaqadagi bosh eksport xabi sifatida ko'rmoqdamiz”, deb aytgan MAN kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha vakili Yan Kulmayer.

Ayni vaqtda Samarqanddagi korxonada MAN A22 CNG shahar turidagi avtobuslar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan.

Bundan tashqari, Gemilang International Limited kompaniyasi JV MAN Auto Uzbekistan bilan birgalikda shahar turidagi avtobuslar uchun bir qator butlovchi qismlarning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish bo'yicha qo'shma loyiha ustida ish olib bormoqda. JV MAN Auto Uzbekistan 3 yildan ortiqroq vaqtdan beri MAN A22 CNG avtobuslarini ishlab chiqarishda Gemilang International Limited ishlanmalaridan foydalanib keladi.

Яндекс.Метрика