У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi

calendar 23.05.2017
1343

O'zbekistonda universal banklararo chakana to'lov tizimi GlobUzCard yaratilmoqda.

Tizim Markaziy bank boshqaruvining 2017 yil 8 apreldagi qarori bilan tashkil etilmoqda. O'zbekiston Adliya vazirligi hujjatni 2017 yil 15 may kuni tasdiqladi.

Markaziy bank qarorida aytilishicha, yangi tizim xalqaro to'lov tizimlari bilan integratsiyalashadi.

Hujjatga ko'ra, O'zbekistonda “Yagona xalqaro protsessing markazi” qo'shma korxonasi tashkil etiladi. Korxona GlobUz protsessing markazi funksiyasini bajaradi.

GlobUzCard Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro to'lov tizimlari bilan aloqalar o'rnatadi. Bu chet elda GlobUz bank kartalaridan va O'zbekiston hududida xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida amaliyotlar o'tkazish imkonini yaratadi.

Яндекс.Метрика