У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Uzphone milliy messenjeri ishlab chiqilmoqda

calendar 27.10.2017
1617

O'zbekistonda Telegram, WhatsApp, Skype, Viber kabi messenjerlarning milliy muqobili ishlab chiqilmoqda. Hozirda loyiha alfa-test jarayonidan o'tmoqda. Ikki oy ichida beta-test sinovidan o'tkaziladi va keyin amalda tadbiq etiladi. 

Brifingda filialda amalga oshiriladigan qator loyihalar haqida so'z yuritildi. Bular:

  • Uzphone  xususiy messenjeri (Telegram, WhatsApp, Skype, Viber kabi messenjerlar muqobili)ni ishlab chiqish;
  • Tashqi trafikni tejash va TAS-IX'da grafik generatsiyasi uchun xususiy media-resurslarni rivojlantirish;
  • Bulutli ma`lumotlarni Qayta ishlash markazi (MQIM) - kompaniya mijozlariga server muhitini taqdim etish;
  • IPTV texnologiyasining kelgusidagi rivoji - interaktiv televideniye va boshqalar.

Bundan tashqari, "Axborot tizimlari" filialining amalga oshiradigan asosiy vazifalari haqida ma`lumot berildi. Demak, filial quyidagi vazifalarni bajarishni o'z oldiga maqsad qilgan:

  • Ma`lumotlar uzatish tarmog'i va serverlar monitoring tizimini ishlab chiqish;
  • Data-markaz xizmatlarini yanada rivojlantirish va taqdim etish;
  • Bulutli xizmatlarni ishlab chiqish, saqlash va ma`lumotlarni qayta ishlash;
  • "Internet-buyumlar" uchun ilovalarni faol rivojlantirish;
  • Tarmoq uskunalari va bevosita billing tizimlariga abonent uskunalari ulanishining boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish;
  • Korxona resurslari boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish;
  • IPTV servisini modifikatsiya qilish va veb-saytlar vositasida interaktiv TV, Smart TV, xususiy dasturiy ta`minotga ega STB-pristavkalarini taqdim etish.
Яндекс.Метрика