У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda Xitoyning osma poyezdlari paydo bo'ladi

calendar 02.09.2018
1043

O'zbekiston xitoylik hamkorlar bilan Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida temir yo'l infratuzilmalari bo'yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

«Kun.uz» muxbiri ma`lumotiga ko'ra, 29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida bo'lib o'tgan Xalqaro investitsion forumda O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi hamda Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi va Germaniya-Xitoy madaniy almashinuvi uyushmasi o'rtasida san`at va dizayn sohasida shartnoma imzolangan.

Bu shartnoma Toshkent shahrida, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida temiryo'l, shu jumladan, turistik temiryo'l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Xususan, bu kelishuv O'zbekistondagi shahar transporti tizimiga Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan past, bir relsli osma poyezdlarni kiritishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat ko'rsatuvchi markaz tashkil etilishi, Toshkent shahrining va Samarqand viloyatining turistik hududlarida kichik ekskursion poyezdlarni tashkil etish, ushbu hududlar bo'ylab mehmonxonalarni qurish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy o'quv yurtlaridan birining tarkibida zamonaviy muhandislik va boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan fakultet yoki o'quv dargohi tashkil etiladi.

Яндекс.Метрика