У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) bekor qilinishi kutilmoqda

calendar 20.01.2017
1301

O'zbekistonda pasport-viza, xorijga chiqish va kirish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu ayni paytda muhokama qilinayotgan Prezidentning mamlakatni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo'yicha harakatlar Strategiyasi to'g'risidagi farmoni loyihasida belgilab qo'yilgan. Taxminlarga ko'ra, tegishli organlar bu masala bo'yicha takliflarni joriy yilning uchinchi choragida tayyorlashadi.

Loyihada ichki va xorijga chiqish pasportlarini berish tartibini joriy qilgan holda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, alohida asoslar bo'yicha xorijga chiqish huquqini sud tomonidan cheklash tartibi ham kiritiladi.

Hujjatda ma`lumotlarni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chegara nazorati organlariga yo'lovchilar xaqida dastlabki ma`lumotlarni taqdim etish amaliyotini, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini, chegarani kesib o'tayotganlarni qidiruvda bo'lgan shaxslar fotobazasi bilan solishtirish tizimini joriy etgan holda aeroport va temir yo'l vokzallarida pasport nazorati tizimini soddalashtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo'yicha “yashil” va “qizil” yo'lak tizimini amaliyotga tadbiq etish ham ko'zda tutilgan.

Ta`kidlanishicha, mazkur choralarni amalga oshirish xorijga chiquvchi fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash, chegara nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma`lumot uchun, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar Strategiyasi to'g'risidagi farmon loyihasi muhokamasida barcha istovchilar qatnashishi mumkin.

Яндекс.Метрика