У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda xususiy oliygohlar paydo bo'ladi - vazir

calendar 12.07.2018
964

11 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi  «Nodavlat oliy ta`lim xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslarga qo'yiladigan talablarni tasdiqlash to'g'risida»gi  qaror loyihasini keng jamoatchilikka havola etdi. 

Loyihada aytilishicha, nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari professor-o'qituvchilarining ilmiy pedagogik salohiyati kamida respublika bo'yicha oliy ta`lim muassasalaridagi o'rtacha ko'rsatkichdan past bo'lmasligi lozim. Shuningdek, xususiy oliygohlarga ayni paytda faoliyat ko'rsatayotgan OTM shart-sharoitlaridan kam imkoniyatlarga ega bo'lmasligi belgilanmoqda.

Xususiy oliygohlarda ta`limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo'lishi shart qilib qo'yilmoqda. Unda  urushni, zo'ravonlikni targ'ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma`naviy asoslari, fuqarolik osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O'zbekiston Respublikasi to'g'risida noto'g'ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma`naviy qadriyatlari buzib ko'rsatilishiga yo'l qo'ymasligi ta`kidlangan. 

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri Inom Majidovning Kun.uz'ga ma`lum qilishicha, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan «Ta`lim to'g'risida»gi qonunda ham ushbu mezonlar hisobga olinadi. 

Vazirning aytishicha, xususiy oliygohlarning paydo bo'lishi mehnat va ta`lim berish yo'nalishiga yangi kapitalni olib kiradi. Shu bilan birga, sifat va raqobat paydo bo'ladi. Faqat sifat va standartlar nazoratga olinishi kerak, xolos. 

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim  vaziri bilan intervyuni to'liq ravishda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

 

Яндекс.Метрика