У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda yangi elektr stantsiyasi qurish uchun tender e'lon qilindi

calendar 08.01.2016
1477

Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida umumiy quvvati 900 MVt bo'lgan yangi issiqlik elektr stantsiyasini qurish uchun tender e'lon qilindi.

"2015 yil 29 dekabrda "O'zbekenergo" AJ tomonidan Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida umumiy quvvati 900 MVtni tashkil etgan ikkita 450 MVtli bug'-gaz qurilmasi bo'lgan yangi issiqlik elektr stantsiyasini qurishda bosh pudratchi tanlash uchun xalqaro tender e'lon qilindi. Takliflar qabul qilinishi muddati 2016 yilning 30 martigacha", deyilgan kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Loyihani moliyalashtirishda Yaponiya halqaro hamkorlik agentligi, O'zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot fondi hamda "O'zbekenergo" AJ mablag'lari ishtirokida amalga oshiriladi.

Qurilish ishlarini 2017 yilgacha bitirish kutilmoqda. O'zbekistonda 2020 yilgacha yana 2ta elektr stantsiyasini qurish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика