У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin

calendar 22.02.2017
1577

21 fevral kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O'zbekiston respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni qabul qildi.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, shuningdek, ma`muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan yangi sud tizimining shakllantirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bois farmonga muvofiq ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta`minlashga xizmat qiladigan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma`muriy ishlar bo'yicha sudlov hay`ati, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma`muriy sudlari, tuman (shahar) ma`muriy sudlari tashkil etildi.

Hozirgi kunga qadar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni ko'rib chiqish Fuqarolik va Xo'jalik protsessual kodekslariga muvofiq fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar va xo'jalik sudlari tomonidan, ma`muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar esa Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga muvofiq jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi.

Endilikda ushbu toifadagi ishlar yangi tashkil etilayotgan ma`muriy sudlar tomonidan ko'riladi. Shu bilan birga, ma`muriy ishlarni ko'rib chiqishning protsessual tartibini belgilash, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga qaratilgan “Ma`muriy sud ishi yurituvi to'g'risida”gi va “Ma`muriy tartib-taomillar to'g'risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика