У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda yangi telekanalni ochish taklifi berildi

calendar 06.06.2018
2110

Mening fikrim veb-portalida “Ta`lim” telekanalini ochish haqida murojaat paydo bo'ldi.

Har bir rivojlangan davlat yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga, ularni barkamol avlod etib tarbiyalashga alohida e`tibor qaratgan. 

«Bugun mamlakatimizda yoshlarga ana shunday e`tibor berilmoqda. Barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun yoshlarning ta`lim jarayonidagi muammolarini o'rganish, ularning yutuqlarini ommalashtirish, yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta`lim va fan sohasiga oid telekanal tashkil etish kerak», - deyiladi murojaat matnida.

Qayd etilishicha, telekanal o'z faoliyatida onlayn (video) darslar, televiktorina va tanlovlar, aql charxi, ilm-fan yutuqlari, yangi ixtirolar, noyob iqtidorli yoshlar, kuzatuvlar va ilmiy tadqiqotlar, buyuk allomalar va Nobel mukofoti sovrindorlari hayoti, ta`lim tizimidagi yutuq va kamchiliklar haqida ko'rsatuvlar tayyorlaydi.

Яндекс.Метрика