У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda “Yil avtobusi – 2015” ishlab chiqariladi

calendar 29.12.2015
1657

                  

O'zbekistonda yaqin vaqtlar ichida siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi MAN Lion`s CNG avtobusi ishlab chiqariladi. Mazkur namuna an'anaviy Bus Euro Test tanlovida «Yil avtobusi - 2015» nomiga sazovor bo'lgan.

Ayni paytda mutlaqo yangi - MAN Lion`s CNG sinovdan o'tkazilmoqda. Avtobusning asosiy o'ziga xos jihati shundaki, past polli shassi va zamonaviy CNG (Compressed Natural Gas - siqilgan tabiiy gaz) texnologiyalari muvaffaqiyatli tarzda kombinatsiyalangan. Bu esa uning samaradorligini 40 foizga oshiradi.

“Jahon” axborot agentligining ma'lum qilishicha, Germaniyaning MAN Truck & Bus mashinasozlik kompaniyasi o'z mahsulotlarini Markaziy Osiyo bozorida ilgari surish uchun O'zbekistonni eksport xabiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunning o'zidayoq respublikadan Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'istonga MAN mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Яндекс.Метрика