У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda yoshligi o'tgan Sobchakning qizi Rossiya prezidenti bo'ladimi?

calendar 21.10.2017
1625

Sankt-Peterburgning sobiq meri hamda amalda Rossiya prezidentining siyosiy ustozi Anatoliy Sobchakning yoshligi O'zbekistonda, ya`ni Qo'qon va Toshkent shaharlarida o'tgandi. Vaqtlar o'tib uning qizi, teleboshlovchi Kseniya Sobchak kelasi yil o'tishi rejalashtirilayotgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma`lum qildi.

Bu nimani anglatadi?

Bir qator g'arb ommaviy axborot vositalari bunday ko'rinishdagi voqea Kreml tomonidan navbatdagi saylovni qonuniylashtirish uchun «qadam» ekanini ta`kidlamoqda. Kseniyaning video murojaatiga e`tibor qilinsa, u boshqacha maqsadni ilgari surganini aytadi.

Gap shundaki, u toki mustaqil nomzod Aleksey Navalniy yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovida qatnashishi mumkinligi e`lon qilinmagunga qadar, olg'a borishini bildirgan. Ammo, teleboshlovchi Rossiyaning keyingi prezidenti bo'lish kabi siyosiy irodani ilgari surmayapti. Uning maqsadi - «barchaga qarshi» turish, xolos. Yuksak demokratik qadriyatlar mavjud jamiyatda nomzodlarning birontasi ham yoqmasa, saylovchining «barchaga qarshi» ovoz berish huquqi ta`minlanadi. Nazariy jihatdan Rossiya saylov tizimida mavjud bo'lmagan ana shu band vazifasini Kseniya Sobchak o'tab berishi mumkin.

Saylov natijasi kutilmaganda o'zgarishi mumkin

O'tgan gal saylov chog'ida, 25 foizga yaqin kishi amaldagi prezidentni yoqlamagani hisobga olinsa, bu safar ular va ana shularning safiga qo'shilishni o'ylab turgan saylovchilar Kseniyaga ovoz bersa bo'ladi. Bu bilan saylov natijalari qay oqimga burilib ketishini taxmin qilish qiyin, ammo shunisi aniqki, Kreml o'zgacha taktika tanlashga majbur bo'ladi.

Яндекс.Метрика