O'zbekistondagi kitob do'konlarida eng ko'p sotilayotgan kitoblar reytingi

«Yangi asr avlodi» nashriyoti marketologlari tomonidan noyabr oyining eng xaridorbop kitoblarining 20 talik reytingi aniqlandi. Unga ko'ra, respublikamiz kitob do'konlarida eng ko'p sotilgan kitob “Kamolot kutubxonasi” ruknida chop etilgan Paulo Koelo muallifligidagi “Alkimyogar” asari ekan.

O'tgan oy davomida 1 046 dona “Alkimyogar” asari kitobxonlar tomonidan xarid qilingan. Ikkinchi o'rinda Abdulla Qahhorning “Muhabbat” asari, uchinchi o'rinda esa Deyl Karnegining to'plamlari o'rin olgan. Shuningdek, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To'xtaboev, Chingiz Aytmatov, Erkin Vohidov, O'tkir Hoshimov asarlari ham kitob savdosida etakchilik qilmoqda. Tibet tibbiyoti haqida ma'lumot beruvchi risola 20 talik ro'yxatni nihoyalagan.

Noyabr oyida eng ko'p sotilgan kitoblar

P.Koelo. “Alkimyogar” – 1 046 dona

A.Qahhor. “Muhabbat” – 788 dona

Deyl Karnegi. “Karnegi to'plami” – 776 dona

M.Brion. “Menkim, sohibqiron Amir Temur” – 755 dona

Ch.Aytmatov. “Asrni qaritgan kun” – 678 dona

Ch.Aytmatov. “Oq kema” – 662 dona

X.To'xtaboev. “Sariq devni minib” – 625 dona

Ch.Aytmatov. “Qiyomat” – 639 dona

J.Rumiy. “Ichindagi ichindadir” – 647 dona

E.Vohidov. “Zamin sayyorasi” – 620 dona

O'.Hoshimov. “Bahor qaytmaydi” – 575 dona

Ch.Aytmatov. “Jamila” – 568 dona

“Nachalnaya matematika” – 560 dona

V.Skarup. “Xarobadan chiqqan millioner” – 550 dona

T.Malik. “Halol va harom” – 511 dona

X.To'xtaboev. “Besh bolali yigitcha” – 483 dona

Gendelb. “Amir Timur” – 464 dona

Sabrina. “Ko'ngil olish san'ati” – 444 dona

X.To'xtaboev. “Mungli ko'zlar” – 430 dona

“Tibet tibbiyoti. O'z o'zini massaj” – 424 dona


Комментарии (2) | Добавить: 10.12.2015
2. 741238569 (07.04.2017 21:46)
Sizga katta raxmat admin men uchun katta yordam qildiz
1. 62333339 (11.12.2015 20:08)
Manga nima
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]