У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistondagi mobil operatorlar yangi yildan hukumatga har bir abonent uchun 1500 so'mdan pul to'laydi

calendar 30.12.2015
1283

O'zbekiston hukumati 2016 yilning 1 yanvaridan mobil aloqa xizmatini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to'lov hajmini oshirdi. Bu haqda UzDaily xabar tarqatdi.

O'zbekiston Prezidentining «2016 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi qaroriga ko'ra, mobil aloqa operatorlari 2016 yildan boshlab har bir abonent uchun 1500 so'mdan to'laydi. Bu 2015 yilga nisbatan ikki marta ko'proq hisoblanadi.

To'lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi, abonentlarning soni to'lov amalga oshiriladigan oyning so'nggi sanasi holatiga ko'ra belgilanadi.

Hukumat bunday to'lovni 2012 yilda joriy qilgandi.

Яндекс.Метрика