O'zbekistondagi yagoni besh yulduzli mehmonxona – International Hotel Tashkent jahon standartlari bo'yicha qayta modernizatsiya qilinib, xalqaro Hilton mehmonxonalari tarmog'i nazorati ostiga o'tadi.
Ayni paytda loyihaning texnik va iqtisodiy asoslanish va baholanish ishlari olib borilmoqda. Hilton tarmog'i mehmonxonani o'z boshqaruviga olishni rejalashtirmoqda. Mehmonxona operatori bilan joriy kelishuv o'tgan yilda imzolangan edi.
"International Hotel Tashkent ancha oldin qurilgan edi, endi u Hilton tarmog'i talablariga javob berishi kerak. Uning modernizatsiyasiga yirik investitsiyalar yo'naltiriladi”, - dedi "O'zbekturizm” vakili Sputnik agentligi bilan suhbatda.